Cephga Kirish
Ceph open-source storage system bo'lib, u high scalability(yuqori miqyoslilik), avtomatlashtirilgan boshqaruv va mustahkam ishonchlilikni(reliability) ta'minlaydi. U turli xil storage ehtiyojlarini qondirish uchun bloklar(block), ob'ektlar(object) va fayllarni saqlash xizmatlarini birlashtiradi. Ceph katta hajmdagi ma'lumotlarni xavfsiz va samarali saqlash uchun mo'ljallangan bo'lib, ma'lumotlar markazlari(data center) uchun oson kengaytirish va moslashuvchanlikni taklif etadi.
Ceph dastlab Kaliforniya universitetida(University of California) Sage Weil tomonidan doktorlik dissertatsiyasining bir qismi sifatida ishlab chiqilgan va u 2004 yilda ommaga taqdim etilgan. Uning asosiy maqsadi yuqori avtonomiya(high autonomy) va avtomatlashtirilgan xususiyatlarga ega bo'lgan distributed storage systemni yaratish edi. O'shandan beri Ceph asosan open-source hamjamiyat tomonidan qo'llab-quvvatlangan va Red Hat tomonidan 2014 yilda sotib olingan.
Keyingi bo'limlarda biz Cefning tarkibiy qismlari, arxitekturasi va turli xil foydalanish holatlarini batafsil o'rganamiz.
Ceph yagona tizimda object, blok va fayl saqlashni taqdim etadi. Ceph juda ishonchli, boshqarish oson va bepul. Ceph favqulodda kengayuvchanlikni ta'minlaydi - minglab mijozlar petabayt yoki eksabayt o'lchamdagi ma'lumotlarga kirish imkoniyatiga ega bo'lishadi.