Kubernetes Klasterlarini loyihalash
Kubernetes — zamonaviy dasturiy ta'minot infratuzilmasining ajralmas qismi bo'lib, u applicationlarni masshtablash, avtomatlashtirish va boshqarish uchun kuchli platforma hisoblanadi. Lekin Kubernetes klasterlarini to'g'ri loyihalash — bu murakkab va strategik jarayon bo'lib, u infratuzilmaning samaradorligi, xavfsizligi va boshqaruv osonligi kabi omillarga ta'sir qiladi.
Turli tashkilotlar o'z ehtiyojlariga ko'ra klasterlarni loyihalashda turli yondashuvlardan foydalanadilar. Masalan, ba'zilar bitta katta klasterni afzal ko'rsa, boshqalar har bir jamoa yoki application uchun alohida klaster yaratadi. Bundan tashqari, Dev, Test va Prod kabi environmentlar uchun izolyatsiyalangan klasterlarni tashkil qilish ham keng tarqalgan.
Klasterlarni loyihalashning qaysi usuli tanlanmasin, har bir yondashuvning o'ziga xos afzalliklari va kamchiliklari bor. Bu qarorlar infratuzilma xarajatlariga, resurslarni boshqarish samaradorligiga va xavfsizlik darajasiga ta'sir qiladi. Ushbu maqola Kubernetes klasterlarini loyihalashda mavjud yondashuvlarni, ularning qulayliklari va cheklovlarini tahlil qilishga qaratilgan bo'lib, sizga to'g'ri qaror qabul qilishda yordam beradi.
TL;DR
Kubernetes klasterlarini loyihalashda bir nechta yondashuvlar mavjud: bitta katta umumiy klaster resurslarni optimallashtiradi, lekin xavfsizlik va izolyatsiya cheklangan. Bir nechta kichik klasterlar izolyatsiyani oshiradi, lekin xarajat va boshqaruv murakkabligini keltirib chiqaradi. Har bir application yoki environment uchun klaster tashkil qilish moslashuvchanlikni ta'minlaydi, ammo resurslardan samarali foydalanishni cheklaydi. To'g'ri yondashuv tashkilotning ehtiyojlari, resurslari va strategik maqsadlariga qarab tanlanadi.
Maqola davomida misollarni Yandex kompaniyasi ko'rsatiladi. Muallifning Yandex kompaniyasiga hech qanday aloqasi yo'q va bu hech qanday konfidentsial ma'lumotlar emas bular shunchaki misollar!!!
Muammo
Kubernetes klasterlarini loyihalashda muammo resurslarni samarali boshqarish, xavfsizlikni ta'minlash va xarajatlarni nazorat qilish o'rtasidagi balansni topishdan iborat. Ko'p klasterli yondashuvlar boshqaruv murakkabligini oshiradi, bitta klaster esa izolyatsiya va xavfsizlikni kamaytiradi. Har bir loyihaga yoki environmentga mos keladigan optimal arxitekturani tanlash qiyinchilik tug'diradi, chunki talablar va resurs imkoniyatlari har xil bo'lishi mumkin.
Kubernetes klasterlarini loyihalashda turli yondashuvlar mavjud:
- One Large Shared Cluster-> Barcha applicationlar va jamoalar(team) uchun yagona klasterdan foydalanish.
- Many Small Single-Use Clusters-> Har bir application yoki loyiha(project) uchun alohida kichik klasterlar yaratish.
- Cluster Per Application-> Har bir application uchun alohida klaster ajratish.
- Cluster Per Environment-> Dasturiy ta'minotning har bir environment (masalan, dev(development), test(testing), prod(production)) uchun alohida klasterlar yaratish.
- Cluster Per Region-> Har bir geografik hudud uchun alohida klasterlar tashkil etish.
One Large Shared Cluster
One Large Shared Cluster - bu yondashuvda barcha applicationlar va jamoalar uchun yagona Kubernetes klasterdan foydalaniladi. Bunday klasterda turli servicelar, software environmentlar (masalan, dev(development), test(testing), prod(production)), hamda jamoalar bir xil infratuzilma doirasida boshqariladi. Ushbu yondashuv ko'pincha kichik yoki o'rta hajmdagi tashkilotlarda uchraydi, chunki u boshqaruvni markazlashtiradi va resurslardan samarali foydalanishni ta'minlaydi.
Afzalliklari
-
Resurslardan samarali foydalanish-> Bir klaster barcha applicationlarni boshqaradi, bu umumiy servicelarni qayta-qayta sozlash zaruratini bartaraf etadi. Masalan, master nodelari, load balancer, monitoring va logging tizimlari kabi servicelar faqat bir marta sozlanadi. Misol uchun Yandex kompaniya 10 xil applicationni bitta klasterda boshqaradi. Har bir application uchun alohida boshqaruv nodelari va load balancerlarni sozlash o'rniga, ular umumiy boshqaruv tizimidan foydalanadi. Bu server resurslarini tejaydi.
-
Kam xarajatla-> Yagona klasterni boshqarish uchun kamroq infratuzilma resurslari talab qilinadi. Bu serverlar sonini kamaytiradi va xarajatlarni pasaytiradi.Startap kompaniya production va testing applicationlarini bitta klasterda joylashtiradi, bu esa alohida klaster yaratish uchun qo'shimcha tarmoq va qurilma xarajatlarini kamaytiradi.
-
Yagona boshqaruv-> Bir klasterni boshqarish osonroq bo'ladi, chunki barcha konfiglar, yangilanishlar va security policylar bir joyda amalga oshiriladi. Misol uchun Yandex IT bo'limi barcha applicationlarning monitoringini Prometheus va Grafana yordamida bir klasterda olib boradi. Har bir applicationni alohida klasterda monitoring qilish o'rniga, ular bir joyda kuzatib boriladi.
Kamchiliklari
-
Yagona nuqtadagi nosozlik xavfi-> Agar klaster nosozlikka uchrasa, barcha applicationlar ta'sir ko'rsatadi. Misol uchun: Yandex servicelari uchun yagona klaster ishlatilsa, klasterning control plane qismi ishlamay qolsa, barcha applicationlar(masalan Yandex Go Yandex Eats va boshqalar) ishlamay qoladi. Bu katta biznes yo'qotishlariga olib kelishi mumkin, yana bir misol bunda DEV, TEST, PROD environmentlar bitta clusterda bo'lgani uchun DEV environmentdagi xatolik yoki clusterda qilingan xato butun klasterga o'z tasirini ko'rsatadi.
-
Xavfsizlik izolyatsiyasining yetishmasligi-> Applicationlar bir xil hardware va tarmoq resurslarini shared ishlatadi. Bu xavfsizlik zaifliklariga olib kelishi mumkin. Masalan Yandex Market service xavfsizlik zaifligi bo'lsa, bu zaiflik orqali Yandex Go yoki Yandex Music servicelariga kirib olish xavfi oshadi.
-
Resurslar uchun raqobat-> Turli servicelar va jamoalar bir xil resurslar uchun raqobatlashadi, bu esa applicationlarning ish faoliyatiga salbiy ta'sir qilishi mumkin. Misol uchun Yandex Go platformasining ertalab 08:00-09:00 va 18:00-19:00 vaqt oralig'ida foydalanuvchilar platformadan ko'p foydalanishadi va Yandex Go applicationlari birdan yuqori load ostida qoladi, va bu boshqa applicationlarning (masalan, Yandex Eats va Yandex Musics va boshqalar) ishlashini sekinlashtiradi sababi Yandex Go applicationlari high load tushib resurslarni yeb qo'yayapti )).
-
Murakkab boshqaruv-> Ko'p jamoalar bir xil klasterdan foydalanganda, ularning kirish huquqlari va resurslaridan foydalanishlarini tartibga solish murakkablashadi. Har bir jamoa uchun RBAC rolelarini sozlash va boshqarish uchun qo'shimcha vaqt va kuch talab qilinadi. Agar bir jamoa noto'g'ri ruxsatga ega bo'lsa, boshqa servicelarga zarar yetkazishi mumkin.
Qachon foydalanish kerak?
-
Kichik yoki o'rta tashkilotlar uchun-> Agar kompaniyada ko'p servicelar va jamoalar bo'lmasa va xavfsizlik talablari past bo'lsa, bitta klaster samarali ishlaydi.
-
Kam xarajat va kam murakkablik talab qilinganida-> Resurslarni tejash va boshqaruvni soddalashtirish muhim bo'lsa.
-
Qoshimcha izolyatsiya talab qilinmasa-> Agar applicationar xavfsizlik izolyatsiyasini talab qilmasa va bir-biriga ta'sir qilmaydigan darajada mustaqil ishlasa.
-
Tezkor prototiplar uchun-> Yangi servicelar yoki applicationlarni tezroq ishga tushirish uchun umumiy klasterdan foydalanish mumkin.
One Large Shared Cluster kichik va o'rta hajmdagi tashkilotlar uchun samarali bo'lishi mumkin, chunki u infratuzilma xarajatlarini kamaytiradi va boshqaruvni soddalashtiradi. Ammo katta hajmdagi servicelarni boshqaruvchi kompaniyalar uchun bu yondashuv xavfsizlik va ishlash muammolariga olib kelishi mumkin. Yandex kabi kompaniyalar bu yondashuvni faqat kichik servicelar yoki environmentlar uchun qo'llashi mumkin, chunki asosiy servicelar uchun alohida klasterlar yaxshiroq ishlaydi.
Many Small Single-Use Clusters
Many Small Single-Use Clusters yondashuvi har bir maxsus vazifa, loyiha(project) yoki muhit(environment) uchun alohida Kubernetes klaster tashkil etishni nazarda tutadi. Bu yondashuvda har bir klaster boshqa klasterlardan mustaqil bo'lib, resurslar, boshqaruv tizimlari va xavfsizlik qoidalari(security rule) faqat o'ziga tegishli bo'ladi. Ushbu yondashuv izolyatsiya, xavfsizlik va moslashuvchanlikni oshirish uchun ishlatiladi.
Afzalliklari
-
Xavfsizlik va izolyatsiya-> Har bir application yoki project alohida klasterda ishlaydi, bu esa yuqori xavfsizlikni ta'minlaydi. Bir applicationning nosozligi boshqa applicationlarga ta'sir qilmaydi. Masalan Yandex Go platformasida Ordering amangement alohida clusterda va u cluster shunga moslab konfig qilingan bu clusterda load oshsa butunlay Yandex Go ishlamay qolmaydi balki ordering managenment service ishlamaydi xolos va boshqa servicelarga tasir qilmaydi.
-
Resurslar bo'yicha mustaqillik-> Har bir klaster o'z resurslariga ega bo'ladi, bu resurslar uchun raqobatni yo'q qiladi. Misol uchun Yandex Music jonli kontsert streamlarini boshqarish uchun maxsus klaster yaratadi. Bu klaster faqat tadbir davomida ishlaydi va boshqa servicelarga load(yuklama) bermaydi.
-
Moslashuvchanlik-> Har bir klaster o'zining maxsus talablariga mos keladigan konfiguratsiyaga ega bo'lishi mumkin. Masalan Yandex Market "11 11" aksiyalari davomida yangi mahsulotlarni tezda boshqarish uchun vaqtinchalik klaster yaratadi. Ushbu klaster boshqa servicelarga load bermasdan, aksiyani samarali boshqaradi.
-
Nosozliklarni izolyatsiyalash-> Bir klasterdagi nosozlik boshqa klasterlarning ishlashiga ta'sir qilmaydi. Masalan Yandex Go'da "Shopir akalarni ulash" klasteri ishlamay qolgan taqdirda, "Soqqa boshqaruvi" yoki "Geolokatsiya servicelari" klasterlari ishlashda davom etadi.
Kamchiliklari
-
Boshqaruvning murakkabligi-> Ko'p klasterlarni boshqarish murakkab bo'lishi mumkin, ayniqsa, ular uchun monitoring, yangilanishlar(upgrade) va xavfsizlikni bir joyda boshqarish qiyinlashadi. Yandex IT jamoasi bir vaqtning o'zida 30 dan ortiq vaqtinchalik klasterlarni boshqarishi kerak. Bu esa yangilanishlar va xavfsizlikni ta'minlashni murakkablashtiradi, bu uchun yandexda devopslar ko'p bo'lishi kerak ))
-
Ko'proq xarajatlar-> Har bir klaster uchun alohida control planelar talab qilinadi, bu esa infratuzilma xarajatlarini oshiradi. Yandex Music jonli tadbirlar uchun maxsus klasterlar tashkil qiladi. Tadbir tugagach, ushbu klasterlar kamdan-kam ishlatiladi, lekin infratuzilma xarajatlari saqlanib qoladi.
-
Resurslardan kam foydalanish-> Kichik klasterlarda resurslardan to'liq foydalanilmay qolishi mumkin, chunki ular boshqa klasterlar bilan share qilinmaydi. Masalan Yandex Disk yangi funksiyalarini sinash uchun yaratilgan klaster bir oy davomida kamdan-kam ishlatiladi, lekin server resurslari band bo'lib turaveradi.
Qachon foydalanish kerak?
-
Xavfsizlik va izolyatsiya talab qilinganida-> Bir applicationning xavfsizlik xatosi boshqa applicationlarga ta'sir qilmasligi kerak bo'lgan vaziyatlarda.
-
Yuqori yuklama(High Load) uchun-> Maxsus yuklama(load) talab qiladigan servicelar uchun alohida klasterlar yaratish maqsadga muvofiq.
-
Moslashuvchan konfiguratsiyalar kerak bo'lganda-> Har bir service yoki application o'zining maxsus konfiguratsiyasi talab qiladigan vaziyatlarda.
-
Katta projectlar uchun-> Yandex jamoasi har bir project uchun alohida klaster tashkil etadi, bu esa projectlarni mustaqil boshqarish imkonini beradi.
-
Vaqtinchalik servicelar-> Mavsumiy yoki vaqtinchalik tadbirlar uchun.
Many Small Single-Use Clusters yondashuvi maxsus talablar va vaqtinchalik servicelar uchun ideal. Yandex kabi katta kompaniyalarda ushbu yondashuv sinov muhiti, mavsumiy tadbirlar va yuqori yuklama(high load) talab qiladigan servicelar uchun qo'llanadi. Ammo ko'p sonli klasterlarni boshqarish va infratuzilma xarajatlari bo'yicha o'z cheklovlariga ega. Bu yondashuvni servicelarning izolyatsiyasi va xavfsizligi muhim bo'lgan joylarda ishlatish eng samarali hisoblanadi.
Cluster Per Application
Cluster Per Application yondashuvi har bir project uchun alohida Kubernetes klaster tashkil etishni anglatadi. Bu yondashuvda projectlar butunlay mustaqil ishlaydi va resurslar, boshqaruv tizimlari, xavfsizlik sozlamalari bir projectga moslashtiriladi. Ushbu yondashuv xavfsizlikni oshiradi, resurslarni optimallashtiradi va nosozliklarning boshqa projectlarga ta'sir qilmasligini ta'minlaydi.
Afzalliklari
-
To'liq izolyatsiya-> Har bir project o'z resurslariga ega bo'lib, bir-biridan to'liq izolyatsiya qilingan. Bir projectning ishlamay qolishi boshqa projectga ta'sir qilmaydi. Masalan Yandex o'zining Yandex Go service applicationlari uchun alohida klaster va Yandex Eats uchun yana bitta klaster tashkil etadi. Yandex Go ishlamay qolsa ham Yandex Eats ishlashda davom etadi bir biriga ta'sir qilmaydi.
-
Maxsus konfiguratsiyalar-> Har bir klaster application o'ziga xos talablariga mos keladigan tarzda konfiguratsiya qilinishi mumkin. Masalan Yandex Go real vaqt rejimida buyurtmalarni boshqarish uchun yuqori yuklamalarni(high load) ko'tara oladigan kuchli hardware resurslarini talab qiladi. Shu bilan birga, Yandex Music stream servicelari uchun yuqori tarmoq(network) kenglikka ega konfiguratsiyaga ega bo'ladi.
-
Xavfsizlikni oshirish-> Har bir klaster alohida firewall va qoidalariga ega bo'lgani uchun bir applicationning xavfsizlik muammosi boshqalarga ta'sir qilmaydi. Masalan Yandex Go mijozlarning to'lov ma'lumotlarini himoya qilish uchun kuchli xavfsizlik talablari bilan boshqariladi. Shu bilan birga, Yandex Musicda saqlanadigan ma'lumotlar (masalan, foydalanuvchi pleylistlari) uchun boshqa xavfsizlik darajasi talab qilinadi.
-
Moslashuvchanlik-> Applicationlarni alohida klasterlarda boshqarish yangi servicelarni qo'shishni osonlashtiradi va texnik talablar o'zgarganda qulay sozlash imkonini beradi. Masalan Yandex Books yaratildi. Ushbu service uchun yangi klaster yaratiladi va u mavjud servicelarga ta'sir qilmasdan mustaqil ishlaydi.
Kamchiliklari
- Ko'p xarajatlar-> Har bir klaster uchun control plane va boshqa infratuzilma resurslari talab qilinadi, bu esa infratuzilma xarajatlarini oshiradi. Masalan Yandexda 10 ta alohida service bo'lsa, har bir service uchun alohida klaster yaratish qo'shimcha serverlar, tarmoqlar va monitoring tizimlarini talab qiladi. Bu kichik kompaniyalar uchun qimmatga tushadi.
- Murakkab boshqaruv-> Bir nechta klasterlarni boshqarish va monitoring qilish murakkab bo'ladi. Yandex'da har bir service uchun alohida monitoring tollarini o'rnatish va kuzatib borish katta IT jamoasini talab qiladi. Klasterlarni yangilash va xavfsizlikni boshqarish ko'p vaqt va kuch talab etadi.
- Resurslardan kam foydalanish-> Kichikroq servicelar uchun klasterlarning barcha resurslari to'liq ishlatilmasligi mumkin. Yandex Disk uchun yangi test(testing) muhiti klasteri yaratildi. Ammo bu klaster resurslardan to'liq foydalanmaydi, chunki service faqat test jarayonida ishlatiladi
Qachon foydalanish kerak?
-
Katta miqyosli tizimlar-> Yandex kabi yirik kompaniyalarda har bir servicening mustaqilligi va xavfsizligi muhim. Shu sababli asosiy servicelar uchun alohida klasterlar zarur.
-
Maxsus talablar mavjud bo'lganda-> Agar servicelar bir-biridan butunlay farq qiluvchi talab va konfiguratsiyalarga ega bo'lsa, bu yondashuv mos keladi.
-
Xavfsizlik talab qilinadigan holatlar-> To'lov tizimlari, shaxsiy ma'lumotlarni boshqarish kabi servicelar uchun yuqori xavfsizlik izolyatsiyasi talab qilinadi.
-
Yangi servicelarni qo'shish-> Agar kompaniya yangi servicelarni tezkor tarzda yaratishni xohlasa, har bir service uchun mustaqil klaster yaratish qulaylikni oshiradi.
Cluster Per Application yondashuvi katta tashkilotlar uchun qulay, chunki u servicelarning mustaqilligini ta'minlaydi va xavfsizlikni oshiradi. Ammo bu yondashuv infratuzilma xarajatlari va boshqaruv murakkabligi bo'yicha kichik kompaniyalar uchun mos kelmasligi mumkin. Yandex kabi kompaniyalarda bu yondashuv asosiy servicelar uchun samarali ishlaydi.
Cluster Per Environment
Cluster Per Environment yondashuvi har bir muhit(environment) (masalan, dev(development), test(testing), prod(production)) uchun alohida Kubernetes klaster tashkil qilishni nazarda tutadi. Ushbu yondashuv har bir environmentni mustaqil boshqarish va environmentlar o'rtasidagi to'liq izolyatsiyani ta'minlashga qaratilgan. Bu test jarayonlarini production servicelariga ta'sir qilmasdan olib borish imkonini beradi.
Afzalliklari
-
Muhitlar(environment) orasidagi izolyatsiya-> Har bir environment mustaqil ishlaydi, bu esa bir environmentdagi nosozlikning boshqasiga ta'sir qilish xavfini yo'q qiladi. Masalan Yandexda yangi Yandex Music funksiyasini ishlab chiqishda dasturchilar uni DEV klasterida sinab ko'rishadi. Bu jarayon PROD klasteriga ta'sir qilmaydi va userlar uchun service uzulishlarsiz ishlashni davom etadi.
-
Maxsus konfiguratsiyalar-> Har bir klaster maxsus talablar va konfiguratsiyalarga moslashtiriladi. Masalan Yandex Go'da prod(production) klasteri yuqori quvvatli serverlar va yaxshi load balancing tizimlariga ega. Shu bilan birga, test va dev klasteri oddiyroq konfiguratsiyaga ega bo'lib, test jarayonlari uchun yetarli.
-
Xavfsizlikni oshirish-> prod(production) klasteri test yoki dev klasteridan to'liq izolyatsiya qilinadi, bu ma'lumotlarning xavfsizligini ta'minlaydi. Masalan Yandex Go'da test klasteri faqat test ma'lumotlari bilan ishlaydi, foydalanuvchilar ma'lumotlari esa prod klasterida saqlanadi.
-
Nosozliklarni izolyatsiyalash-> Test environmentdagi xatoliklar proddagi servicelariga ta'sir qilmaydi. Masalan Yandex Eats'da test klasterida payment bo'yich issue chiqdi yoki xavfsizlik bo'yicha issue topildi bunday holda bu muammolar faqat test klasteri uchun prod klasterga hech qanday ta'siri bo'lmaydi.
Kamchiliklari
-
Ko'proq xarajatlar-> Har bir environment uchun alohida klaster yaratish infratuzilma xarajatlarini oshiradi. Yandex misolida Yandex uchun prod, test va dev environmentlarini alohida boshqarish har bir klaster uchun qo'shimcha serverlar, tarmoq resurslari va monitoring tizimlarini talab qiladi.
-
Murakkab boshqaruv-> Ko'plab klasterlarni boshqarish va ularni sinxronlashtirish murakkablikni oshiradi. Yandex IT jamoasi prod environmentdagi xavfsizlik qoidalarini(security rule) test va dev klasterlarida ham sinxronlashtirishi kerak, bu esa qo'shimcha vaqt va resurs talab qiladi.
-
Resurslardan kam foydalanish-> Kichikroq environment uchun yaratilgan klasterlar to'liq yuklanmaydi(load bo'lmaydi), bu resurslarni noto'liq ishlatishga olib keladi. Yandex Go test klasteri faqat test davrida ishlatiladi, lekin qolgan vaqt davomida resurslar bo'sh qoladi.
Qachon foydalanish kerak?
-
Xavfsizlik va izolyatsiya talab qilinganida-> Test jarayonlari prod servicelariga ta'sir qilmasligi kerak bo'lgan holatlar uchun.
-
Stabil production environmenti kerak bo'lganda-> Environmentlarning ajratilishi production servicelarining uzluksiz ishlashini ta'minlaydi.
-
Moslashtirilgan konfiguratsiyalar kerak bo'lganda-> Har bir environmentning o'ziga xos talab va konfiguratsiyalarini boshqarish uchun.
-
Katta DevOps jamoasi mavjud bo'lganda-> Ko'plab klasterlarni boshqarish uchun tajribali DevOps jamoasi talab qilinadi.
Cluster Per Environment yondashuvi xavfsizlik, izolyatsiya va barqarorlikni(stabillik) ta'minlaydi. Ushbu yondashuv katta va murakkab tizimlarda environmentlar o'rtasidagi mustaqillikni saqlash uchun samarali. Ammo bu yondashuv infratuzilma xarajatlarini oshirishi va murakkab boshqaruvni talab qilishi mumkin. Yandex kabi kompaniyalarda production, testing va development environmentlari uchun alohida klasterlar ishlatish ideal yechim hisoblanadi.
Cluster Per Region
Cluster Per Region yondashuvi geografik joylashuvlarga qarab alohida klasterlar yaratishni nazarda tutadi. Har bir mintaqa yoki hudud foydalanuvchilarga yaqin bo'lgan klaster orqali xizmat ko'rsatadi, bu esa tarmoqli kechikishni kamaytiradi va servicening barqarorligini oshiradi. Har bir geografik hudud yoki mintaqa uchun klasterlar tashkil qilinadi. Masalan: Rossiya uchun klaster, Yevropa uchun klaster,Osiyo hududi uchun klaster. Har bir hududdagi foydalanuvchilar o'zlariga yaqin joylashgan klasterdan service olishadi, bu tarmoq trafigini va kechikishni minimallashtiradi.
Afzalliklari
-
Tarmoqli kechikishni kamaytirish-> Servicelar foydalanuvchilarga yaqin joyda joylashgani uchun tarmoq trafigi tezkor bo'ladi. Masalan Yandex Rossiya foydalanuvchilari uchun Moskva yoki Sankt-Peterburgda joylashgan klasterlardan foydalanadi. Yevropa foydalanuvchilari uchun esa Frankfurt shahrida joylashgan klaster xizmat ko'rsatadi.
-
Servicening barqarorligini(stabillik) oshirish-> Bitta hududdagi nosozlik boshqa hududlardagi foydalanuvchilarga ta'sir qilmaydi. Yandex Go'ning Yevropa klasterida nosozlik yuzaga kelsa, Rossiya yoki Osiyo foydalanuvchilari bundan ta'sir ko'rmaydi.
-
Huquqiy va mintaqaviy talablarni qondirish-> Har bir hududning huquqiy talablariga moslashish oson bo'ladi. Masalan Yevropa Ittifoqi ma'lumotlarni saqlash uchun GDPR (General Data Protection Regulation) talablariga rioya qilishi kerak. Shu sababli, Yandex Yevropa foydalanuvchilari ma'lumotlarini Frankfurt klasterida saqlaydi.
Kamchiliklari
-
Ko'p infratuzilma xarajatlari-> Har bir hudud uchun alohida klaster yaratish infratuzilma xarajatlarini oshiradi. Yandex har bir mintaqa uchun alohida master nodelari va tarmoq resurslarini ajratishi kerak bo'ladi.
-
Murakkab boshqaruv-> Turli hududlardagi klasterlarni boshqarish murakkablikni oshiradi. Rossiya, Yevropa va Osiyo klasterlarini sinxronlashtirish, monitoring qilish va yangilash uchun katta IT jamoasi talab qilinadi.
Qachon foydalanish kerak?
- Servicelarni geografik hududlarga yaqinlashtirish zarur bo'lganda.
- Mintaqaviy huquqiy va xavfsizlik talablarini bajarish kerak bo'lsa.
- Hududiy nosozliklardan boshqa hududlarni izolyatsiya qilish talab qilinadi.
Cluster Per Region geografik hududlarga servicelarni optimallashtirish va mintaqaviy talablarni qondirish uchun ishlatiladi. Yandex kabi yirik kompaniyalar odatda ushbu yondashuvlarni birgalikda qo'llaydi.
Xulosa
Klaster yondashuvini tanlash loyiha ehtiyojlariga bog'liq. Agar loyiha bir nechta mustaqil servicelardan iborat bo'lsa, har bir service uchun xavfsizlik, barqarorlik va mustaqil boshqaruv talab qilinsa, Cluster Per Application yondashuvi eng mos tanlov bo'ladi. Servicelar orasida qat'iy izolyatsiya va maxsus talablarni qondirish kerak bo'lgan holatlarda bu yondashuv ideal hisoblanadi. Agar environmentlar o'rtasida izolyatsiya va production environmentining barqarorligini(stabillik) ta'minlash muhim bo'lsa, Cluster Per Environment tanlanadi, bu production va test jarayonlari o'zaro ta'sir qilmasligini kafolatlaydi. Hududiy servicelar yoki global loyihalarda esa Cluster Per Region geografik mintaqalar bo'yicha xizmat ko'rsatishni optimallashtirish uchun ishlatiladi, bu tarmoqli kechikishni kamaytiradi va hududiy huquqiy talablarni qondiradi. Vaqtinchalik tadbirlar yoki maxsus ehtiyojlar uchun esa Many Small Single-Use Clusters mos keladi, bu yondashuv yuklamani(load) izolyatsiyalashga yordam beradi. Kichik servicelar yoki minimal talablar bilan ishlaydigan loyihalar uchun One Large Shared Cluster tanlanadi, chunki bu infratuzilma xarajatlarini kamaytiradi va boshqaruvni soddalashtiradi.
Qo'shimcha
- Kubernetesga Kirish (opens in a new tab)
- Kubernetes Arxitekturasi (opens in a new tab)
- Kubernetes Obyektlari (opens in a new tab)
- Kubespray yordamida production uchun Kubernetes Cluster sozlash (opens in a new tab)
- Kubernesga Cert-Manager o'rnatish va sozlash (opens in a new tab)
- Kubernetes Monitoring (opens in a new tab)
- Kubernetesga Argo CD o'rnatish va sozlash (opens in a new tab)
- Kuberntes CI/CD | Github Actions + Argo CD | GitOps (opens in a new tab)
Sana: 2024.11.20(2024-yil 20-noyabr)
Oxirgi yangilanish: 2024.11.20(2024-yil 20-noyabr)
Muallif: Otabek Ismoilov
Telegram (opens in a new tab) | Github (opens in a new tab) | LinkedIn (opens in a new tab) |
---|