Dinamik IP'dagi serverni global tarmoqga chiqarish.
O'zbekistonda Static IP masalasi donorlikga buyrak topishdan ham muammoroq)) Shu sababli juda ko'pchilik uyida turgan serverlarni tashqi tarmoqlarga chiqara olmaydi. Ammo qalovini topsang qor ham yonadi degan.
Eslatma: bu uchun sizga tashqi server kerak
VPNdan odatda ko'pchilik pornografiya ko'rishga foydalansa kerak. Aslida VPN mana shunday yaxshi maqsadlar uchun ham ish beradi. VPN orqali server va mijoz ulangan vaqtda orada local IP misoladagi tunnel hosil bo'ladi. Masterdan -> Slavega yoki Slavedan -> Masterga shu orqali bemalol ma'lumot olib o'tsa bo'ladi.
Demak bu uchun serverga quyidagi utilita o'rnatiladi:
curl -O https://raw.githubusercontent.com/angristan/openvpn-install/master/openvpn-install.sh
chmod +x openvpn-install.sh
./openvpn-install.sh
Utilita o'rnatilgach openvpn-install.sh
faylini o'chirib yubormang. Keyinchalik bu sizga kerak bo'ladi. Aynan shu fayl orqali VPN foydalanuvchilarni yaratishingiz va o'chirishingiz mumkin.
Mijoz kompyuterda esa openvpn-client dasturini o'rtasiz.
sudo apt-get install openvpn
Endi asosiy userdan ./openvpn-install.sh
fayli orqali VPN konfiguratsiya olib shuni mijoz kompyuterida isha tushirish kerak.
sudo openvpn --config ~/Downloads/config.ovpn
Ulanishni tekshirish uchun mijoz kompyuterdan ifconfig
yoki ping 10.8.0.1
buyrug'i beriladi.
Ulanish kuzatilganidan so'ng mijoz kompyuteri ham 10.8.0.x
tartibida o'ziga IP oladi. Xuddi shu IP orqali serverdan turib ulanishni kerakli dasturlarga sozlasangiz bo'ladi. Quyida Nginx misolida. Kanalda avvalroq socat haqida ham yozgandim undan ham foydalanishingiz mumkin.
server{
listen 80;
server_name domain.uz;
location / {
proxy_pass https://10.8.0.2:80;
}
}
Qo'shimcha
.ovpn
faylingizning boshiga route-nopull
qatorini qo'shib qo'yish orqali mijoz kompyuteridagi routerlar o'zgarishini oldini olishingiz mumkin.
Sana: 2023.02.21(2023-yil 21-fevral)
Oxirgi yangilanish: 2024.04.08(2024-yil 8-aprel)
Muallif: Manuchehr Usmonov
Telegram (opens in a new tab) | Github (opens in a new tab) | Blog (opens in a new tab) |
---|